Mashhur Ivodzima yodgorligi hujumga uchradi
AQShning Virjiniya shtatidagi «Kuantiko» dengiz piyodalari harbiy bazasi kirishida joylashgan Ivodzima yodgorligi hujumga uchradi. Ushbu haykal-majmua Ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan dengiz piyodalari sharafiga o‘rnatilgan.
Bezorilikni AQShda noqonuniy yurgan meksikalik 27 yoshli Migel Alonso Maldonado Soriano sodir etdi. U voqea joyida katta bolg‘a bilan haykallarni sindirayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yodgorlik olti askar haykali majmuasidan iborat bo‘lib, bezori shulardan birining bosh qismini butunlay urib sindirgan va boshqalariga ham shikast yetkazgan. Yetkazilgan zarar bir necha yuz ming dollar bo‘lishi aytilmoqda
Oq uy ushbu voqeani keskin qoralab, noqonuniy migrantlarga nisbatan deportatsiya choralari davom ettirilishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: Ivodzima yodgorligi aslida Arlingtonda joylashgan va bronzadan yasalgan. «Kuantiko»da esa uning ohaktoshdan yasalgan va kichraytirilgan nusxasi o‘rnatilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter