Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur osmono‘par bino sotuvga qo‘yiladi

Mashhur osmono‘par bino sotuvga qo‘yiladi

Foto: «Vedomosti»

Nyu-York ramzlaridan biri — Manxettendagi mashhur «Chrysler Building» osmono‘par binosi sotuvga qo‘yiladi. «Chrysler Building»ga xizmat ko‘rsatish uning xo‘jayinlariga qimmatga tushmoqda, deb yozmoqda «The Wall Street Journal» gazetasi «NYC Capital Markets Group» direktorlar kengashi raisi Darsi Stekka asoslanib.

Hozir Manxetten osmono‘pari Abu-Dabi davlat fondi «Abu Dhabi Investment Council» (90 foiz) hamda Nyu-Yorkning «Tishman Speyer Properties» qurilish kompaniyasiga tegishli.

Gazetaning qayd etishicha, afsonaviy binoni sotib oluvchilar uning oldingi xo‘jayinlari duch kelgan muammolarga to‘qnash kelishi mumkin. Masalan, bino joylashgan yer ijarasining o‘zi yiliga 32,5 million dollarga tushadi, aytish kerakki, ijara to‘lovi yildan-yilga oshib boryapti. Balandligi 319 metrga teng bino renovatsiyasi uchun 1997-yili 100 million dollar sarflangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring