Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MDHdagi eng yirik quyosh stansiyasi ishga tushirildi

MDHdagi eng yirik quyosh stansiyasi ishga tushirildi

Foto: «Kazinform»

Qozog‘istonda bugun, 11-dekabr kuni MDH dagi eng kuchli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda «Kazinform» agentligi xabar berdi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev umummilliy teleko‘prik doirasida Jambul viloyatidagi «Burnoye» quyosh elektr stansiyasi hamda Mang‘istau viloyatidagi shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishiga start berdi.

Foto: «Kazinform»

Teleko‘prikda qatnashgan «Samruk Kazyna — United Green» kompaniyasi bosh direktori Nurlan Kapenovning ta’kidlashicha, «Burnoye» quyosh elektr stansiyasining quvvati 100 MVt ga teng bo‘lib, MDH da tengi yo‘q.

Shuningdek, «Nodir metall kompaniyasi» rahbari Yuriy Yepishev mamlakat rahbariga shamol stansiyasi haqida ma’lumot berdi. Mang‘istau viloyatiga o‘rnatilgan 24 ta shamol uskunasi kelgusi yildan to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi va oyiga 12 mln. KVt/soat energiya ishlab chiqara oladi.

Foto: «Kazinform»

2018-yilning avgustida Olmaota viloyatida Qozog‘iston va Xitoy kompaniyalari konsorsiumi quvvati 150 MVt ga teng quyosh elektr stansiyasini qurishga kirishgandi. Ob’yekt 2019-yil o‘rtalarida foydalanishga topshirilishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring