Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Medvedev: yil boshidan beri qariyb yarim million kishi urushga jo‘natildi

Medvedev: yil boshidan beri qariyb yarim million kishi urushga jo‘natildi

2023-yil boshidan 1-dekabrga qadar 452 ming kishi Rossiya Qurolli Kuchlari safiga qo‘shildi va Ukrainadagi urushga jalb etilgan.

Bu haqda Rossiya  Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lumot berdi. 

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Moskva, Sevastopol va Chechenistonda bu amaliyot ayniqsa yaxshi kechgan. Birgina Checheniston Respublikasida 30 ming kishi safarbar qilingan.

«Respublikada nomzodlarni jangovar vazifalarni bajarishga tayyorlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Gudermesdagi Rossiya maxsus kuchlari universitetida 15 mingdan ortiq ko‘ngilli tayyorgarlikdan o‘tgan», — deydi u.

Ukraina urushi boshlangandan beri, rasmiy Kiyev va G‘arb tomoni Rossiyaning katta yo‘qotishlari haqida bong urib keladi. O‘z navbatida Rossiya tomoni o‘z yo‘qotishlari haqida anchadan buyon sukut saqlab kelmoqda. Faqatgina Ukraina qarshi hujumi haqida gapirgan prezident Putin Rossiyaning talofati Ukrainanikidan o‘n barobarga kam ekanini iddao qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring