Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada jurnalist ayol o‘ldirib ketildi

Meksikada jurnalist ayol o‘ldirib ketildi

Jurnalist Norma Sarabiya Meksika janubi-sharqida noma’lum qotillar tomonidan o‘ldirib ketildi. Jinoyat ayolning uyi yaqinida, Tabasko shtatining Uimanigilo tumanida sodir etilgan. Bu haqda «Milenio» gazetasi xabar berdi.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist ayolning o‘limida ikki nafar qurolli erkak kishi gumon qilinmoqda. «Qaynoq izlar» bo‘yicha jinoyatchilarni tutishga urinish naf bermagan. Politsiya qidiruv-tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Qotillik nima sababdan amalga oshirilgani noma’lumligicha qolyapti. Faqat shunisi aniqki, Sarabiya so‘nggi bir necha yillardan beri mahalliy «Tabasco Hoy» gazetasida ishlab kelayotgandi.

Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Meksikada 2000-yildan beri 145 nafardan ziyod jurnalist o‘ldirib ketilgan. Chegarasiz reportyorlar tashkiloti xabariga ko‘ra esa, 2018-yili Meksikada 9 nafar jurnalist zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan.

Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi 2018-yili jahon bo‘yicha OAVning 94 nafar xodimi o‘ldirib ketilgani haqida xabar bergan. Bunday qotilliklar bo‘yicha Afg‘oniston yaqqol peshqadam.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring