Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada kuchli toshqin ro‘y berdi: qurbonlar bor

Meksikada kuchli toshqin ro‘y berdi: qurbonlar bor

Meksikaning Michoakan shtatida kuzatilgan kuchli suv toshqini oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Shtatning fuqaro mudofaasi xizmatiga ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan uch nafari bolalar, ikki nafari esa katta yoshli kishilardir. Ular Periban tumanida halok bo‘lishgan.

O‘n ikki kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Avvalroq «19-Ye» tropik po‘rtanasi Sonora shtatida 170 ming kishiga zarar yetkazgan edi.

O‘tgan hafta juma kuni Sonoraning 11 ta tumanida favqulodda holat e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring