Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaliklar Yevropadagi eng baland binoni qurishmoqchi

Moskvaliklar Yevropadagi eng baland binoni qurishmoqchi

Foto: «RIAMO»

Moskva shahrida Yevropadagi eng baland bino quriladi. «Kp.ru» yozishicha, bu haqda shahar merining shaharsozlik siyosati va qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Marat Husnullin ma’lum qilgan.

Gap «Moskva-Siti» kompleksida qurilishi rejalashtirilgan balandligi 400 metrdan yuqori 104 qavatli turarjoy haqida ketmoqda. Binoning umumiy maydoni uch yuz ming kvadrat metr bo‘lib, katta qismi yashash uchun beriladi. Ellik ming kvadrat metri esa ofislarga ajratiladi.

Qurilish to‘lig‘icha Moskva shahar hukumatiga qarashli «Mosinjproyekt» kompaniyasi tomonidan besh yil davomida nihoyasiga yetkazilishi aytilgan.

Dunyoda 350 metrdan baland 60 dan ziyod bino bor. Ularning eng balandi Dubaydagi 163 qavatli Burj-Xalifadir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring