Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mozori Sharifdagi portlashlarda odamlar halok bo‘ldi

Mozori Sharifdagi portlashlarda odamlar halok bo‘ldi

Afg‘onistonning kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi shahri — Mozori Sharifda bir nechta portlash sodir etilgani haqida Aamaj News xabar berdi.

Guvohlarga ko‘ra, Mozori Sharifning Beshinchi okrugida ikkita portlash amalga oshirilgan, biroq ayrim manbalarda yana bir portovchi qurilma ishga tushirilgani aytiladi.

Hozircha 10 kishi jarohatlangani haqida ma’lumot bor, ularning ayrimlari voqea joyida olamdan o‘tgan.

Kecha, chorshanba kuni poytaxt Kobul masjidida portlash sodir etilib, oqibatda ikki kishi jarohatlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring