Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA oltinga to‘la asteroidga kosmik kema yuboradi

NASA oltinga to‘la asteroidga kosmik kema yuboradi

NASA muhandislari «Psyche» missiyasini tayyorlashning yakuniy bosqichiga o‘tishdi. Missiya doirasida kosmik kema tarkibida metall qazilma boyliklari bo‘lgan «Psyche -16» asteroidga uchiriladi.

«Psyche-16» asteroidi taxminan oltin, temir, nikel va boshqa metallardan tashkil topgan. AQSh qonunchiligiga ko‘ra, kompaniyalar samoviy jismlardan materiallar olish huquqiga ega, biroq ushbu NASA missiyasi ulardan foyda ko‘rish maqsadida emas, balki o‘rganishga qaratilgan.

Kosmik kema 5 oktyabr kuni asteroidga uchadi, u deyarli 180 million km masofani bosib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, «Psyche-16» asteroidi quyosh tizimining eng katta marvaridlaridan biri deb ataladi. Olimlar uning iqtisodiy va ilmiy nuqtai nazardan qanchalik boy ekanligini yaqinda kashf etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring