Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO bexosdan AQShning Yevropadagi yadro qurollari saqlanadigan joylarni oshkor qilib qo‘ydi

NATO bexosdan AQShning Yevropadagi yadro qurollari saqlanadigan joylarni oshkor qilib qo‘ydi

Foto: «112.ua»

NATOning Parlament assambleyasi o‘z dokladida AQShning yadro qurollari Yevropaning qaysi hududlarida saqlanayotganini bexosdan oshkor qilib qo‘ydi. Amerikaliklarning yadro qurollari beshta hududda: Belgiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya va Turkiyada joylashtirilgan.

To‘g‘ri, AQSh yadro aslahalari Yevropa mamlakatlarida mavjudligi haqida oldin ham dalillar bor edi. Masalan, AQShning GFRdagi sobiq elchisi Fil Myorfi 2009-yili diplomatik telegrammasida qurollarning bu mamlakatlarda saqlanish davomiyligi borasida shubha va xavotir bildirgandi.

Bu safargi dalil NATO Parlament assambleyasi mudofaa bo‘yicha qo‘mitasining kanadalik a’zosi aprelda tayyorlagan dokladdan chiqib keldi. Bu fakt ommaviy axborot vositalari tomonidan oradan bir oy o‘tib aylantirila boshlandi. Hujjatda AQShning 150 ta yadro quroli qayerlarda joylashtirilgani ko‘rsatilgan.

«Bu bombalar oltita Amerika va Yevropa bazasida — Kleine Brogel (Belgiya), Buchel (Germaniya), Aviano hamda Ghedi-Torre (Italiya), Volkel (Niderlandiya) va Incirlik (Turkiya)da saqlanmoqda», — deyiladi hujjatda.

Omma e’tiboriga tushganidan ko‘p o‘tmay, hujjat o‘chirib tashlandi, deb yozmoqda «The Washington Post». Nashr manbasi aytishicha, bu alyansning rasmiy hujjati emas ekan. Yaqinda yangi doklad tayyorlandi, unda yadro qurollarining joylashuvi haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring