Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO bosh kotibi «yomon xabarlarga tayyor turishga» chaqirdi

NATO bosh kotibi «yomon xabarlarga tayyor turishga» chaqirdi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Ukrainada vaziyat keskinlashmoqda, ittifoqchilar yomon xabarlarga tayyor turishi kerak. U bu haqda Germaniyaning Das Erste telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

«Yomon yangiliklarga tayyorlanishimiz kerak. Mojarolar bosqichma-bosqich rivojlanadi. Lekin biz Ukrainani yomon kunlarda ham, yaxshi kunlarda ham qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», — deydi Stoltenberg.

Alyans rahbari, shuningdek, NATO a’zolari Ukrainaning o‘q-dorilarga bo‘lgan talabini qondira olmaganini ham tan oldi. Ukraina armiyasi bunday vaziyatda qanday harakat qilishi kerakligi haqidagi savolga javob berar ekan, Stoltenberg «ushbu murakkab operativ qarorlarni qabul qilishni ukrainaliklar va ularning harbiy rahbariyatiga» yo‘naltirdi.

Noyabr oyi oxirida, NATO va Ukraina o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilganidan so‘ng Stoltenberg Kiyev va uni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar «uzoq va qiyin» janglarga tayyorlanishi kerakligini aytgandi. 

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qarshi hujumda kerakli natijalar qo‘lga kiritilmaganini tan olgandi. 

2024-yilga mo‘ljallangan NATO-Ukraina hamkorligi dasturiga mamlakat qurolli kuchlarini tayyorlash (AFU), energiya xavfsizligi, shuningdek, Kiyevning blokka qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan islohotlar bo‘yicha tavsiyalar kiritilgan. Alyans keng qamrovli yordam paketini Ukrainani qayta tiklash, xavfsizlik va mudofaa uchun ko‘p yillik dasturga aylantiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring