Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev iste’foga chiqishdan oldin Putin bilan maslahatlashgan

Nazarboyev iste’foga chiqishdan oldin Putin bilan maslahatlashgan

Foto: «RIA»

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqishdan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat tafsilotlari haqida Nazarboyevning matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Biroz vaqt muqaddam Rossiya prezidenti matbuot xizmati shunday suhbat bo‘lganini tasdiqlagan, ammo uning mazmunini oshkor qilishni istamagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, prezidentlar telefon orqali Qozog‘iston rahbarining iste’fosini muhokama qilishgan. Boz ustiga siyosatchilar bundan keyin ham muntazam aloqada bo‘lib turishga kelishib olgan.

Nazarboyev iste’foga chiqib bo‘lgandan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Armaniston premer-ministri Nikol Pashinyan va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muloqotda bo‘lgan.

Nursulton Nazarboyev iste’fosi haqida 19 mart sanasida ma’lum qilgan. U xavfsizlik kengashi rahbari bo‘lib qoladi. Prezidentlik vakolati esa vaqtincha mamlakat senati spikeri Qosim-Jo‘mart Tokayev zimmasiga yuklatilgan.

Nazarboyev iyul oyida 79 yoshga to‘ladi. U 1990 yilning aprelidan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring