Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nazarboyev moliya vazirining joyini ko‘rsatdi

Nazarboyev moliya vazirining joyini ko‘rsatdi

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga hukumat yig‘ilishi qatnashchilarining stol atrofida o‘tirishi yoqmadi. Bu haqda «Tengrinews.kz» yozyapti.

«Moliya vazirining joyi, — dedi Nazarboyev Alixan Smailovni ko‘rsatib, — stolning oxirida emas. Uning joyi bosh vazir o‘rinbosarining yonida. Moliya vaziri bosh vazirning o‘rinbosari».

«Qarang, — dedi prezident bosh vazir Bakitjan Sagintayevga, — uni qayerga o‘tqazdingiz? Protokolni kim tayyorlagan? Turingda buyoqqa keling. Hammangiz Kojamjarov (Qozog‘iston bosh prokurori)dan boshlab bitta-bitta suriling. Mana uning joyi. Shunday munosabat uchun ham moliyamiz oqsayapti.

Alixan Smailov. Foto: «Tengrinews.kz»

Prezident shuningdek vazirlarni import kostyumlardan voz kechishga chaqirdi.

«Shu yerda o‘tirgan hamma o‘zimizda tikilgan kostyumlarni kiyishimiz kerak — nimasi yomon, o‘zimizniki ham teshib chiqmaydi», — Nazarboyevning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «RIA Novosti».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring