Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nazarboyevning surati «yigirma mingtalik» tengedan ham olib tashlanadi (foto)

Nazarboyevning surati «yigirma mingtalik» tengedan ham olib tashlanadi (foto)

Qozog‘iston Milliy banki nominal qiymati 20 ming tenge bo‘lgan kupyuraning yangi dizaynini e’lon qildi.

«Qozog‘iston Milliy banki 2022-yil 1-oktyabrdan nominal qiymati 20 ming tenge bo‘lgan kupyurani muomalaga kiritadi», – deyiladi juma kungi regulyator ma’lumotida.

2021-yil dekabrda bosilgan 20 ming tenge

Qizig‘i, 20 ming tengelik yangi banknotada sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning portreti yo‘q.

Bunga qadar mamlakatda 2015 va 2021-yillar 20 ming tengelik banknotalar muomalaga chiqarilgan. Xususan, 2021-yilning dekabrida bosilgan 20 ming tengelik banknotlarda birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning surati ham aks etgan edi. Keyinroq Milliy bank bu banknot Qozog‘iston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga «yubiley» ekanligi va u cheklangan tirajda chiqarilgani bilan izohlagandi.

2022-yil 1-oktyabrdan muomalaga chiqariladigan 20 ming tenge (old tomoni)

Mazkur banknotning yangi dizayni old tomonida Qozog‘istonning davlat ramzlari, «Qazaq Yelі» monumenti, «Mәңgіlіk Yel» g‘alaba arkasi, «Basqұr» qozoq milliy ornamenti parchasi hamda Mustaqillik yillarini ifodalovchi «30» raqami tasvirlangan. Orqa tomonida esa Ostona va Oqo‘rda qarorgohining panoramali ko‘rinishi mavjud.

Hisobotda qayd etilishicha, banknotda 25 ta himoya elementi mavjud va u dunyodagi eng xavfsiz kupyuralardan biri hisoblanadi. 

2022-yil 1-oktyabrdan muomalaga chiqariladigan 20 ming tenge (orqa tomoni)

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida mamlakatda bo‘lib o‘tgan voqealar ortidan Nursulton Nazarboyev nafaqat Qozog‘iston siyosatidagi, balki ijtimoiy holatlardagi o‘rnini ham boy bermoqda. Jumladan, mamlakat poytaxtiga Ostona nomi qaytarildi, Birinchi prezident kunini bayram sifatida nishonlash bekor qilindi, vahk.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring