Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nihoyat: Eng yirik Boeing 737 MAX samolyotidan foydalanishga ruxsat berildi

Nihoyat: Eng yirik Boeing 737 MAX samolyotidan foydalanishga ruxsat berildi

Boeing 737 MAX 10.

Foto: Boeing

The Wall Street Journal yozishicha, AQSh federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) bir necha yil deganda nihoyat Boeing 737 MAX 10 samolyotidan foydalanishga uzil-kesil ruxsat berdi. Natijada konsern ushbu turkumdagi samolyotlarni keng miqyosda yetkazib berish imkoniga ega bo‘ldi.

«Har tomonlama xavfsizlik tekshiruvlari, jumladan, minglab soatlik sinov parvozlaridan so‘ng, FAA mutaxassislari bu o‘ta muhim samolyot ta’minotini ma’qullashga tayyor», — deb bayonot berdi AQSh transport vaziri Shon Daffi.

Boeing 737 MAX 10.
Foto: Seattle Times

Kompaniya ushbu modelni sertifikatlashga 2020-yillarning boshidan beri harakat qiladi, biroq Boeing samolyotlari xavfsizligi atrofidagi bir qator mojarolar fonida qaror qabul qilish doim ortga surib kelingan. Nashr qayd etishicha, ayni paytda aviakompaniyalar 1 550 tadan ortiq Boeing 737 MAX 10 samolyotiga buyurtma berib bo‘lgan, bu esa kompaniyaning 737 oilasiga mansub laynerlar uchun buyurtmalar portfelining 31 foizini tashkil etadi.

Manba: Boeing / The Seattle Times

«Bu ushbu oiladagi eng yirik model bo‘lib, 185 dan 210 gacha yo‘lovchini sig‘dira oladi va uchish masofasi 3 100 dengiz miligacha (5 740 kilometr) yetadi. Texnologik takomillashtirishlar tufayli karbonat angidrid chiqindilarini va yonilg‘i sarfini 20 foizga kamaytirishga erishildi. Bundan tashqari, samolyot uchish masofasi bo‘yicha (qo‘shimcha yonilg‘i baklaridan foydalanmagan holda) raqobatchilaridan ustundir va o‘z sinfida bir yo‘lovchi o‘rindig‘i hisobiga eng kam xarajatlarni ta’minlaydi», — deyiladi konsern bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring