Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel haftaligi boshlandi: bugun fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida g‘olib nomi e’lon qilinadi

Nobel haftaligi boshlandi: bugun fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida g‘olib nomi e’lon qilinadi

Foto: «Vesti.ru»

Shvetsiyada Nobel haftaligi boshlanmoqda, bugun, 7-oktyabr kuni fiziologiya va tibbiyot sohasidagi mukofot laureati nomi ma’lum bo‘ladi, deya xabar bermoqda «Vesti.ru».

Ertaga, 8-oktyabr kuni fizika, 9-oktyabrda kimyo, 10-oktyabr kuni adabiyot yo‘nalishida kimlar Nobel mukofotini olishi aniq bo‘ladi.

11-oktyabrda Nobel tinchlik mukofoti sohibi va nihoyat, 14-oktyabrda iqtisodiyot sohasida «nobelchi» aniqlanadi.

E’tiborli jihati, bu yil adabiyot yo‘nalishida ikkita mukofot topshiriladi — 2019-yil va o‘tgan yil uchun. Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan yili kelib chiqqan mojaro tufayli bu mukofotni berish muddati kechiktirilgandi.

Mukofotlarni topshirish marosimi esa 2019-yilning 10-dekabrida — Alfred Nobel vafot etgan kuni Stokgolm filarmoniyasida bo‘lib o‘tadi. 2019-yilgi pul mukofoti — 9 million krona (914,5 ming AQSh dollari)ga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring