Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norvegiya qimmatga neft va gaz sotib, soliq tushumlarini 2 baravar oshirdi

Norvegiya qimmatga neft va gaz sotib, soliq tushumlarini 2 baravar oshirdi

Foto: Day.az

Norvegiyada 2022-yilda neft va gaz sotishdan soliq tushumlari rekord darajada — 200 foiz o‘sib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 884 mlrd norveg kronasi (€89,3 mlrd)ni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat soliq boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi.

Soliq idorasi rahbari Nina Shanke Fyunnemark soliq tushumlarining oshishi gazning narxi oshishi hosilasi ekanini aytdi. Bundan oldingi yil ham Norvegiya rekord natijaga erishgan — soliq tushumlari 295 mlrd kronani tashkil etgandi.

O‘tgan hafta Norvegiyaning Equinor va Petoro energetika kompaniyalari Germaniyaning Wintershall Dea neft-gaz kompaniyasi bilan hamkorlikda Norvegiya dengizida yangi gaz konini ochgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring