Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Notinch Gruziya. Prezident Belarusga tashrifini bekor qilib, Tbilisiga qaytdi

Notinch Gruziya. Prezident Belarusga tashrifini bekor qilib, Tbilisiga qaytdi

Foto: «RT»

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Belarus Respublikasiga tashrifini bekor qilib, Tbilisiga qaytmoqda.

«Gruziya prezidenti aeroportga yo‘l oldi, samolyot uchishiga ruxsat berilgan»bu xabarni «TASS» Belarus hukumat doiralaridagi manbasiga asoslanib tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, Gruziya rahbari Minskka tashrif bilan kelgan va bugun, 21-iyun kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, shu mamlakat bosh vaziri hamda har ikki palata rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan edi. Bundan tashqari, Zurabishvili II Yevropa o‘yinlari tantanali ochilish marosimida qatnashishi ham ko‘zda tutilgandi.

«KP» xabariga ko‘ra, kecha kechqurun Tbilisidagi parlament binosi oldida hukumatga qarshi namoyishlar boshlanib ketgan. Namoyishchilar Gruziya IIV, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari hamda parlament spikeri iste’foga chiqarilishini talab qilishgan.

Namoyishchilarni tarqatib yuborish maqsadida Gruziya huquqni muhofaza qilish organlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, vodomyotlar va rezina o‘qlarni qo‘llagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashlar oqibatida 30 nafar isyonchi, 39 nafar politsiya xizmatchisi jabrlangan. 16 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, voqealarni yoritayotgan jurnalistlar orasida ham jarohatlanganlar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring