Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘onning vorisi kim?

Erdo‘g‘onning vorisi kim?

Foto: TRT Haber

The Wall Street Journal nashri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lganlar orasida Saljuq Bayraktarni tilga oldi.

So‘rovlarga ko‘ra, Saljuq Bayraktar mamlakatdagi eng taniqli jamoat arboblaridan sanaladi.

Nashr kuzatishicha, Bayraktarda Erdo‘g‘onga xos jihatlar bor: o‘z nutqlarida Turkiyaning usmonlilar o‘tmishiga urg‘u beradi, Isroilning G‘azoga bosqiniga javoban hukumat boshchiligidagi ko‘cha namoyishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: TRT Haber

Ma’lumot uchun: Saljuq Bayraktar 1979-yil 7-oktyabrda Istanbulda tug‘ilgan. Otasi — O‘zdemir Bayraktar aviakosmik soha, robototexnika va masofadan boshqariladigan uchuvchi qurilmalar (dronlar) yo‘nalishida faoliyat yurituvchi «Baykar Makina» kompaniyasi asoschisi. Saljuq Bayraktar mazkur kompaniya egalaridan biri va texnik direktoridir. Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning kenja qizi bilan 2016-yilda turmush qurgan.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada 31-mart kuni bo‘lib o‘tadigan munitsipal saylovlar o‘zi uchun so‘nggi saylov bo‘lishini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring