Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston hukumatini iste’foga chiqardi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston hukumatini iste’foga chiqardi

Foto: RIA «Novosti»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi. Bu haqda Oq O‘rda rasmiy saytida bayonot berildi.  

«Bugun mamlakatimiz uchun muhim qaror qabul qilmoqdaman. O‘tgan yillarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat barqaror bo‘ldi. Bu, albatta, ijobiy holat. Biroq bu hozirgi vaqt uchun yetarli emas.

Iqtisodiyotning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator qonunlar qabul qilinganiga qaramasdan, ijobiy o‘zgarishlarga erishilmagan. YaIM o‘sishiga asosan xomashyo resurslari hisobidan erishilmoqda. Mahsuldor ish o‘rinlari, ayniqsa, qishloq joylarda yetarlicha yaratilmagan.

Aholining real daromadi oshmayapti. Oilalar budjetida oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi oshib bormoqda.

Bunday sharoitlarda, men, Prezident va Konstitutsiya garovi sifatida, xalqimiz manfaatlarini hisobga olgan holda, quyidagi qarorni qabul qilaman. Hukumat iste’foga chiqishi kerak», deyiladi davlat rahbari bayonotida.

 Bosh vazir o‘rniga vaqtincha avval Ostona hokimi va transport va kommunikatsiya vaziri bo‘lgan Askar Uzakpayevich Mamin qo‘yilgan.

Avvaroq, Nazarboyev qizlar kam tug‘iladigan davlatning kelajagi yo‘qligi va ayollarni e’zozlash haqida gapirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring