Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV Poroshenkoning xotiniga oid yashirin ma’lumotlarni topdi

OAV Poroshenkoning xotiniga oid yashirin ma’lumotlarni topdi

Foto: «styler.rbc.ua»

Qator ommaviy axborot vositalari Ukrainaning amaldagi rahbari Pyotr Poroshenkoning rafiqasi Marina Poroshenkoga oid yashirin ma’lumotlarni oshkor qildi. Bu haqda «life.ru» xabar bermoqda.

Bular Ukraina birinchi xonimining tarjimai holi va faoliyatiga bog‘liq ekani aytilmoqda. Ya’ni, prezidentning rafiqasi hujjatlarda yozilganidek, Kiyevda emas, balki Qozog‘istonning Semipalatinsk muzofotida tug‘ilgan ekan. Ma’lumki, ushbu muzofot sobiq ittifoq davrida yopiq hudud hisoblanib, bu yerdagi mavjud korxonalarda harbiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Kiyevdagi «Arsenal» harbiy zavodi mutaxassisi bo‘lgan Marina xonimning onasi o‘tgan asrning oltmishinchi yillarida Semipalatinskka xizmat safariga yuboriladi. OAVga ko‘ra, Marina 1962-yilda shu yerda dunyoga kelgan (uning otasi o‘z vaqtida Ukraina SSR sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, keyinroq sobiq ittifoqning Mongoliyadagi elchisi maslahatchisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan).

Bundan tashqari, Marina Poroshenko mehnat faoliyatiga oid sirli holat ham mavjud.  Ya’ni, u Kiyev tibbiyot institutini tamomlagandan so‘ng bir muddat shifokor-kardiolog sifatida ishlagan. Pyotr Poroshenko bilan turmush qurib, to‘ng‘ich farzandi dunyoga kelganidan so‘ng (1985-y.), qayta shifokorlik bilan shug‘ullanmaydi, shu barobarida bo‘sh o‘tirmaydi ham. Ma’lum vaqt turmush o‘rtog‘iga qarashli «Ukraina sanoat-investitsiya konserni»da ishlaydi. So‘ng (2004-y.) faoliyatini avtomobillarni ijaraga berishga ixtisoslashgan «Mriya-avto» kompaniyasida davom ettirgani aytiladi. Biroq «Transat» Rossiya-Ukraina qo‘shma korxonasi ta’sis qilgan bu kompaniyada Marina Poroshenko qanday lavozimni band etgani aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Poroshenkolar 1984-yilda bir yostiqqa bosh qo‘yishgan. Ularning to‘rt nafar farzandi bor.

Darvoqe, prezident Poroshenko xotinidan uch yoshga kichik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring