Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oksford «Huawei»dan moliyaviy yordam olishni to‘xtatdi, biroq umidini uzgani yo‘q

Oksford «Huawei»dan moliyaviy yordam olishni to‘xtatdi, biroq umidini uzgani yo‘q

Foto: «ShareAmerica»

Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) Xitoyning elektron texnika texnika va qurilmalar ishlab chiqaruvchisi — «Huawei Technologies Co. Ltd» kompaniyasidan moliyaviy ko‘mak olishni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda «Praym» yozmoqda.

«Katta siyosat» baribir o‘z so‘zini aytmay qolmadi, bir tomonida AQSh va Kanada, ikkinchi tomonida Xitoy jiqqa musht bo‘layotgan «Huawei» mojarosiga aralashib qolishni istamagan nufuzli universitet «o‘yin»dan chiqib turishga qaror qildi.

Ammo tekin osh kimga yoqmaydi: britan universiteti tomonlar tezroq murosa ko‘chasiga kirishiga umid bildirdi...

Eslatma: «Huawei» Xitoydagi smartfonlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan sanaladi. 2018-yilning dekabr oyida «Huawei» asoschisining qizi va kompaniya moliya direktori Jen Chjenfey hamda kompaniya boshqaruvi raisining o‘rinbosari Men Vanchjou Kanadada hibsga olingan. Jen Chjenfeyni Amerikaning Eronga qarshi savdo sanksiyalarini buzganlikda ayblagan AQSh uning ekstraditsiyasini so‘radi. Xitoy buni inson huquqlarining o‘ta qo‘pol buzilishi deya baholadi. Vaziyat yumshashi savol ostida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring