Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: plastik zarralar dahshatli jaziramaga sabab bo‘lmoqda

Olimlar: plastik zarralar dahshatli jaziramaga sabab bo‘lmoqda

Dengizlardagi mikroplastik ifloslanish issiqlik to‘lqinlarini kuchaytirishi mumkin, chunki chiqindilar okeanning issiqxona gazlarini o‘ziga singdirishini sekinlashtiradi. Bunday xulosaga Boston Shimoli-sharqiy universitetining amerikalik olimlari kelishdi. Tadqiqot Marine Chemistry ilmiy jurnalida  chop etildi.

Ming yillar davomida okeanlar uglerod aylanishi jarayonining bir qismi bo‘lib, o‘lik fitoplankton to‘planib, qorga o‘xshash bo‘lakchalar shaklida chuqurlikka tushadi.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, plastik zarralar bu jarayonni sekinlashtiradi va «dengiz qor»ini cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi.

«Aslida, plastmassa dengiz qori erishini sekinlashtiradi, bu esa okeanning atmosferadan karbonat angidridni so‘rib olish samaradorligini pasaytiradi», dedi tadqiqot muallifi professor Aron Stubbins.

Laboratoriya tajribalari shuni ko‘rsatdiki, plastmassa bilan ifloslangan fitoplankton parchalari toza bo‘laklarga qaraganda 20 foiz sekinroq cho‘kadi.

Olimlar, shuningdek, mikroplastmassalar tirik fitoplankton tomonidan karbonat angidridning so‘rilishini kamaytirishini aniqladilar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring