Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: yigirma yildan so‘ng Yer uchun suv xavfi yuzaga kelishi kutilmoqda

Olimlar: yigirma yildan so‘ng Yer uchun suv xavfi yuzaga kelishi kutilmoqda

Bugungi kunga kelib, global isishning zararli ta’siri ma’lum, ammo harorat o‘zgarishi sayyoramiz hayotiga ta’sir o‘tkazadigan yagona omil emas. Ispaniyaning Geologiya va konchilik instituti mutaxassislari 2040-yilda yerning kelajagi haqidagi tasavvurlarini keng ommaga namoyish etishdi.

Aytilishicha,asosiy muammolardan biri tuproqning cho‘kishi bilan bog‘liq. Bu minerallarni qazib olish bilan bir qatorda ba’zi tabiiy jarayonlar buning sababi etib ko‘rsatilgan. Keyingi ikki o‘n yillikda, agar bu kabi holatlarga o‘zgarish kiritilmasa, 12 million kv.km quruqlik dengiz sathi tubida qolib ketadi. Xavf Afrika, Janubiy Amerika va Osiyoga eng ko‘p ta’sir qiladi.

Umuman olganda, AQSh yerlariga teng bo‘lgan katta maydon suv ostida qoladi. 1,2 milliard odam hayoti xavf ostida qoladi yoki o‘zlariga yangi manzil izlashga majbur bo‘lishi mumkin. Olimlar hokimiyatni tuproqning cho‘kishini to‘xtatish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni qonunchilik darajasida amalga oshirishni talab qilishmoqda.

Ushbu asrning oxiriga kelib o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 3,2 darajaga ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, agar pandemiyadan keyin chiqindilar miqdorini 25 foizga kamaytirish mumkin bo‘lsa, unda harorat 2 darajaga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring