Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan o‘n yillikning eng qimmat to‘ylari

O‘tgan o‘n yillikning eng qimmat to‘ylari

Foto: «Tatler»

To‘ylarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi «Bridebook» agentligi oxirgi o‘n yillikda o‘tkazilgan eng qimmat to‘ylar reytingini tuzdi. Rekord — shahzoda Garri va Megan Marklga tegishli.

Garri va Meganning to‘yiga (2018-yil 19-may) 35 million funt sterling xarj qilingan. Marklning bitta kelin ko‘ylagining o‘zi 420 ming funt sterlingga tushgan.

Ikkinchi o‘rinda — shahzoda Garrining akasi shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning to‘yi (2011-yil 29-aprel) — 26 million funt sterling.

Uchinchi o‘rinda — «Formula-1» prezidenti Berni Ekklstounning qizining to‘yi. 2011-yilda o‘tgan to‘y xarajatlari uchun Petra Ekklstoun va biznesmen Jeyms Stent naq 9 mln. funt sterling sanab berishgan. Ammo oradan yetti yil o‘tib, ular ajrashib ketishdi...

To‘rtinchi o‘rinda — aktyor va qo‘shiqchi Jastin Timberleyk va aktrisa Jessika Bilning to‘yi (2012-yil). Ular «baxt kechasi»ga to‘rt million funt sterling to‘lashgan.

Keyingi o‘rinda Gollivud yulduzi Jorj Kluni va huquqshunos Amal Alamuddin — ikki «yosh» to‘y uchun 3,5 million funtni ayashmagan.

«Qimmat to‘y» qiluvchi mashhurlar reytingida, shuningdek, quyidagilar bor:

  • AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning qizi Chelsi Klinton va bankir Mark Mezvinskiyning to‘yi — 2,3 million funt sterling
  • Aktrisa Priyanka Chopra va qo‘shiqchi Nik Jonasning to‘yi — 2,3 mln. funt sterling
  • Aktrisa va model Kim Kardashyan va reper Kane Uestning to‘yi — 2,1 mln. funt sterling.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring