Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parijdagi opera binosida o‘q-dorilar topildi

Parijdagi opera binosida o‘q-dorilar topildi

Foto:«Sabah.com»

Fransiya poytaxti Parij shahridagi «Palais de Garnier» opera teatri binosida Ikkinchi jahon urushidan qolgan o‘q-dorilar topildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Fransiyaning «Europe 1» radiokanali xabariga ko‘ra, teatr binosi ta’mirlanayotgan paytda topilgan o‘q-dorilar ishchilarni hayratga solgan.

Topilgan ikkita patron va 30 ta o‘q Germaniyaning «Mauser» nomli qurol ishlab chiqaruvchi firmasiga tegishli ekan. Bu harbiy ashyolar «Mauser Waffenfabrik» firmasida ishlab chiqarilgani hamda 1940-yillarda nemis qo‘shinlari Parijni ishg‘ol qilgan paytda opera teatri binosiga yashirib qo‘yilgan ekan.

1875 yili foydalanishga topshirilgan «Palais de Garnier» opera teatri binosi Parijdagi eng go‘zal inshootlardan hisoblanadi.

Parij Ikkinchi jahon urushi davrida, ya’ni 1940 — 1944-yillarda nemislarning qo‘lida bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring