Pentagon Ukrainaga harbiy yordam uchun mas’ul generalni ishdan oldi
Pentagon Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni muvofiqlashtiruvchi yuqori lavozimli harbiyni muddatidan oldin vazifasidan chetlatdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap 5-armiya korpusi qo‘mondoni general-leytenant Charlz Konstansa haqida ketmoqda. Uning Polshadagi harbiy kontingentda xizmati tugashiga atigi ikki oy qolgan edi. Mazkur tuzilma Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishini muvofiqlashtiradi hamda NATOning sharqiy qanotidagi qo‘shinlarni boshqaradi.
Charlz Konstansaning vazifasidan chetlatilishi sabablari ma’lum qilinmagan.
Kostansaning o‘rnini general-mayor Tomas Felti egalladi — uning nomzodi AQSh Senati tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, oktyabr oyidan ushbu vazifani bajarishga kirishishi rejalashtirilgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter