Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Erdo‘g‘on yana uchrashadi

Putin va Erdo‘g‘on yana uchrashadi

Foto: «Global Look Press»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shu yil 17 sentyabr kuni Sochi shahrida uchrashadi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi. Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotganini Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqlagan.

Avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Erdo‘g‘on va Putin dushanba kuni Sochi shahrida Suriyaning Idlib masalasini muhokama qilish maqsadida uchrashishini aytgan edi.

Sochi shahrida ikkala davlat rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazilishi haqidagi jurnalistning savoliga Peskov: «Ha, shunday uchrashuv ehtimoli mavjud. Unga tayyorgarlik ko‘rilyapti», – deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Erdo‘g‘on 7 sentyabr kuni ham Tehronda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Turkiya-Eron sammitida uchrashgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring