Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma

Foto: «AA»

Armaniston bilan Ozarbayjon chegarasida sodir bo‘lgan otishmada bir nafar ozari harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Ozarbayjon mudofaa vazirligidan ma’lum qilinishicha, Armaniston bilan Ozarbayjonga qarashli Naxchivon Avtonom Respublikasi chegarasida sodir bo‘lgan otishmada Odil Tatarov ismli askar halok bo‘lgan.

Bir necha kun avval Armaniston mudofaa va tashqi ishlar vazirlari chegara hududiga tashrif buyurishgan edi.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonotida halok bo‘lgan askarning o‘chi qisqa fursatda olishini aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring