Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha prezidenti va bosh vaziri tortishib qoldi

Polsha prezidenti va bosh vaziri tortishib qoldi

Karol Navrotskiy (chapda) va Donald Tusk.

Polsha prezidenti Karol Navrotskiy va bosh vazir Donald Tusk ijtimoiy tarmoqda bahslashib qolishdi.

Ikki rahbar o‘rtasidagi kelishmovchilikka prezident devoni tomonidan Ikkinchi jahon urushi davridagi tarixiy voqealarga bag‘ishlab X tarmog‘ida qoldirilgan post sabab bo‘ldi. Bahs 1939-yil 17-sentyabrda sodir bo‘lgan — sobiq Ittifoqning Polshaga bostirib kirganligining 87 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xotira tadbiridan so‘ng boshlandi.

Navrotskiy o‘z nutqida polyaklar tarixda hududlarini yo‘qotgan bo‘lsa-da, o‘zligini va Vatanini hech qachon boy bermaganini ta’kidladi. Prezident dovoni ushbu iqtibosni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Tusk bu so‘zlarni noto‘g‘ri tushunib, prezident bayonotini keskin tanqid qildi. U «Biz bir qarich yerimizni ham birovga bermaymiz» deya, Navrotskiyni ushbu postni o‘chirib tashlashga chaqirdi.

Bunga javoban prezident bosh vazirga o‘zining tarixchi ekanligini eslatib, gap aynan 87 yil oldingi fojiali tarixiy voqealar haqida ketganini tushuntirdi. Qo‘shimchasiga, u hukumat rahbarini ijtimoiy tarmoqlarda bahslashguncha, yonilg‘i narxini tushirish bo‘yicha qonun loyihasi bilan shug‘ullanishga chaqirdi.

Polsha matbuotining yozishicha, prezident nutqidan olingan iqtibos kontekstdan yulib olingani sababli ikki rahbar o‘rtasida mana shunday tortishuv kelib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring