Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pompeo: «Bu Eronning ishi va nima uchun qilganini bilamiz»

Pompeo: «Bu Eronning ishi va nima uchun qilganini bilamiz»

Foto: «BBC»

Birlashgan Arab Amirliklari qirg‘oqlari yaqinida neft tankerlariga Eron hujum qilgan, forslarning maqsadi jahonda neft narxini oshirish edi — bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bayonot berdi.

Pompeo, qolaversa, AQSh prezidentining xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton ham Eronning hodisalarga daxldorligi bo‘yicha dalillarga ega, dedi.

Eslatib o‘tamiz, Jon Bolton ham 29-may kuni Abu-Dabidagi chiqishida Eronni ayblagan, ammo Tehronga qarshi biror asosli dalilni ilgari sura olmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring