Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada Poroshenkoni topa olishmayapti

Ukrainada Poroshenkoni topa olishmayapti

Foto: «President.gov.ua»

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 30 iyuldan buyon ish joyida ko‘rinmayapti, deya xabar bermoqda «News.ru». Davlat rahbari ta’tilga chiqqan bo‘lishi mumkin, ammo bu haqda rasmiy ma’lumotlar berilmagan.

Prezidentning qayerda ekani borasida uch xil tahmin qilinmoqda. Uning oila a’zolarini Ispaniyada ko‘rishgan va davlat rahbari ham o‘sha yerda bo‘lishi mumkinligi  aytilmoqda. Italiyaning Sardiniya oroli yaqinida esa Poroshenkoning do‘stlaridan birining yaxtasini ko‘rishgan. Prezident ham o‘sha yerda yaxtada dam olyapti degan tahminlar ham bor. Uchinchi variant esa — prezident Ukrainada dam olmoqda.

Oxirgi marta Poroshenko omma oldida 28 iyul kuni ko‘ringan. Shundan so‘ng prezidentning saytida faqat uning yangi qonunlarni imzolayotgani haqidagi xabarlar e’lon qilinyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring