Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poroshenko Ukrainadagi navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etadimi?

Poroshenko Ukrainadagi navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etadimi?

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko hozirda mamlaktda kelgusi yil bo‘ladigan prezidentlik saylovlarida qatnashish imkoniyatlarini muhokama qilishga tayyor emas. U bu haqda Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan deya yozmoqda RIA «Novosti».

Poroshenkoning fikricha, hali mamlakatda saylov kampaniyasi boshlanmagan. Agar u ishtirok etish haqida qaror qabul qilsa, jurnalistlarda buni muhokama qilish uchun «alohida imkoniyat» bo‘ladi.

Shuningdek, u agar saylovlarda «yanada yaxshiroq» nomzod ilgari surilsa, unga yordam berishini ma’lum qildi.

Poroshenko Ukrainada hokimiyat tepasiga 2014-yil iyunida kelgandi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari esa 2019-yil 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina kemalari Kerch bo‘g‘ozida Rossiya tomonidan ushlangach, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarangligicha qolmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring