Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Portugaliya «Sayyohlik Oskari»ni qo‘lga kiritdi

Portugaliya «Sayyohlik Oskari»ni qo‘lga kiritdi

Foto: «Simpletravel»

Portugaliya «World Travel Awards 2018»ning bosh «Sayohlik Oskari» bilan mukofotlandi. Mamlakat 2018-yildagi «Eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi» deb topildi. Eng ko‘p sayyohlar va sayyohlik biznesi vakillari shu mamlakatga ovoz berishdi. Bu haqda «Yevro puls» xabar berdi.

Portugaliya poytaxti Lissabon bir yo‘la ikkita nominatsiyada mukofotlandi: «Sayohatlar uchun eng yaxshi shahar» hamda «Dam olish kunini o‘tkazish uchun eng yaxshi yo‘nalish» — sayyohlikning shu turi yevropalik yosh turistlar orasida urfga aylangan. «Eng yaxshi orol yo‘nalishi» sifatida Portugaliyaning Madeyru arxipelagi e’tirof etildi.

«Madaniy turizm yo‘nalishi»da Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri g‘olib bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring