Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin dunyo uchun asosiy xavf nima ekanini aytdi

Putin dunyo uchun asosiy xavf nima ekanini aytdi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ommaviy ishsizlik va qashshoqlikning o‘sishini dunyo uchun asosiy xavf deb atadi. Bu haqda u videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitidagi nutqida aytgan.

Unga ko‘ra, 2020-yilda insoniyat duch keladigan muammolar ko‘lami hali misli ko‘rilmagandir. Rossiya rahbari pandemiya sistematik iqtisodiy inqirozni boshlaganini ta’kidladi, buni dunyo «Buyuk depressiya» (1929-1933-yillardagi yirik inqiroz) dan beri bilmaydi.

Putin pandemiya oqibatlarini minimallashtirish uchun Rossiya YaIMning 4,5 foizini ajratilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarning oldini olishga imkon berdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha yetakchi davlatlarda biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda 2 milliondan ziyod bemor aniqlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring