Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Kim bilan qachon uchrashadi?

Putin Kim bilan qachon uchrashadi?

Foto: «Gazeta.ru»

Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Matsegora Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi kun tartibidagi masalalardan ekanini ma’lum qildi, deya xabar beradi «Gazeta.ru».

«Koreya tomonining rasmiy xabarida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvida ikkala davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuviga kelishib olingan edi. Shu bois Rossiya – Shimoliy Koreya uchrashuvi kun tartibidagi masalalardan», – degan Matsegora.

Matsegoraning aytishicha, sammitni o‘tkazish sanasi va joyiga prezident ma’muriyati aniqlik kiritadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp «Fox News» telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Koreya yarimorolidagi muammoni hal etishiga ko‘maklashinini ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring