Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiyadagi og‘riqli muammoni tan oldi

Putin Rossiyadagi og‘riqli muammoni tan oldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Strategik tashabbuslar agentligining «Yangi zamonlar uchun kuchli g‘oyalar» forumida mehnat bozorida taxminan 2,5 million kishi yetishmasligini aytdi.

Uning so‘zlarini «TASS» keltirmoqda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ishsizlar soni 450-460 ming kishiga yetadi.

«Mehnat bozorida ishlovchilarga ehtiyoj bor. Bizga hozir 2,5 million kishi yetmaydi. Bu bizning biznesimiz hozir taklif qilishga tayyor bo‘lgan miqdor», — dedi Putin.

Misol tariqasida Putin hozirda yuz minglab odamlarni qabul qilishga tayyor bo‘lgan qurilish sektori va sanoatni keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rosstat mamlakat aholisi kamayishi haqida xabar bergandi. Bir yil ichida Rossiya aholisi 200 mingdan oshiq kishiga kamaygan. Tahlillar yaqin kelajakda aholi soni oshishini ko‘rsatmayapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring