Putin Tramp va Si Szinpinga Ukraina bo‘yicha uch tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qildi — WSJ
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpinga Ukrainadagi urushni muhokama qilish uchun uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvni 18–19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida tashkil etish taklif qilingan. Putinning maqsadi urushni Moskva uchun qulay shartlarda yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishish ekani aytilmoqda.
WSJ manbasining bildirishicha, Rossiya rahbari bu taklifni 9-oktyabr kuni Tramp bilan telefon orqali muloqoti davomida ilgari surgan. O‘sha suhbatda Rossiya dizel yoqilg‘isini yetkazib berish masalasi ham kelishilgani xabar qilingandi.
Tramp hozircha uchrashuvga rozilik bermagan. Biroq AQShning yuqori martabali amaldori uning Ukrainadagi urushni tugatish istagini inobatga olganda, taklifni ijobiy qabul qilishi mumkinligini bildirgan.
Xitoy tomoniga taklif diplomatik kanallar orqali yetkazilgan. Pekin Tramp rozi bo‘lgan taqdirda uchrashuvga qarshilik bildirmasligini ma’lum qilgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bunday uchrashuv imkoniyati muhokama qilinayotganini tasdiqlagan. Biroq uning ta’kidlashicha, hozircha sammitning o‘tkazilishi yoki kun tartibi bo‘yicha aniq kelishuv mavjud emas.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter