Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Kim Chen In qachon uchrashadi?

Putin va Kim Chen In qachon uchrashadi?

Foto: «nsn.fm»

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin va Kim Chen In uchrashuvi kun tartibidagi masalalardan ekanini aytdi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» sayti.

«Kun tartibida Putin va Shimoliy Koreya yetakchisining uchrashuvi shu yilda o‘tkazilishi belgilangan», – degan Ushakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda ikkala mamlakat rahbarlari sammiti tafsilotlari, uning o‘tkazilish vaqti va joyi muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In Rossiya Federatsiyasiga borishga tayyor ekanini tasdiqlagan edi. U Rossiyaga shu yil oxirigacha tashrif buyurishi mumkinligi aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring