Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Tramp Parijda yana uchrashadi

Putin va Tramp Parijda yana uchrashadi

Foto: «Gazeta.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 oktyabr kuni AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton bilan uchrashuvda agar Vashington bundan manfaatdor bo‘lsa Moskva yuqori darajadagi aloqalarga tayyor ekanini bildirdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.ru».

«Albatta, Amerika qo‘shma shtatlari prezidenti bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatni davom ettirish, avvalo yaqin orada bo‘lib o‘tadigar xalqaro tadbirlar maydonida, masalan, Parijda davom ettirish foydali», - degan Putin uchrashuv yakunida.

Shaxsiy uchrashuvni o‘tkazish rejasini AQSh prezidenti ham tasdiqlagan.

«U (uchrashuv) hali tashkil etilmagan, ammo, biz uchrashsak kerak», - degan Tramp.

Rossiya prezidenti Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, gap prezidentlardan tashqari ikki tomon siyosatchilari ham ishtirok etadigan «to‘laqonli uchrashuv» haqida bo‘lishi ham mumkin.

Ikki davlat prezidentlari Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligiga bag‘ishlab Parijda o‘tkaziladigan bayramda uchrashadi. Bu ularning to‘rtinchi uchrashuvi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Trampning avvalgi uchrashuvi Finlyandiyaning Helsinki shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring