Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Xavfsizlik kengashi kotibini tayinladi

Putin Xavfsizlik kengashi kotibini tayinladi

Foto:«RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni o‘z lavozimiga qayta tayinlash haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ushbu hujjat Kremlning rasmiy saytiga ham joylashtirildi.

Hujjat imzolangan sanadan kuchga kiradi.

«Patrushev Nikolay Platonovich Rossiya federatsiyasi xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlansin», – deyiladi hujjatda.

Avvalroq Putin mamlakatning Xavfsizlik kengashi tarkibini yangilagan edi.

Xavfsizlik kengashi tarkibiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev kiritilgan.

Xavfsizlik kengashi tarkibidan sobiq FVV vaziri Vladimir Puchkov va bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Gordeyev chiqarib tashlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring