Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda ham poytaxtni qayta nomlash taklifi berildi

Qirg‘izistonda ham poytaxtni qayta nomlash taklifi berildi

Foto: «Advantour.com»

Qirg‘iziston prezidenti devonining sobiq rahbari Emilbek Kaptagayev poytaxt Bishkek nomini Manas qilib o‘zgartirish taklifini ilgari surdi. Uning fikricha, poytaxtdagi bironta tumanni Bishkek deb atasa ham bo‘laveradi.

Emilbek Kaptagayev. Foto: «Sputnik»

— Oradan yillar o‘tib, fikrimiz o‘zgarib qolmasidan burun, balki hozirdanoq poytaxtni Manas shahri qilib qayta nomlarmiz?!  Shunday qilsak har qanday nuqtai nazardan ham adolatli bo‘lur edi... Hozirgi Sverdlovsk tumanini Bishkek deb atayveramiz, axir Pishpek qal’asi shu yerda joylashganku, balki Bishkek qo‘rg‘oni ham shu yerda bo‘lgandir... Bishkek botir aslida bo‘lganmi-yo‘qmi — rivoyat ko‘p, bironta tarixiy dalil yo‘q, — deb yozdi u «Facebook»dagi sahifasida.

Uning g‘oyasini kimlardir qo‘llab-quvvatladi, ayrimlar esa mutlaqo qarshi chiqdi.

Kaptagayev bunday fikr qoldirishiga Qozog‘iston poytaxti nomi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq voqealar sabab bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 23-martdan Ostona rasman Nur-Sulton deb atala boshlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring