Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda ikki kishi o‘ldirildi va bir ayol garovga olindi. Hammasi qanday bo‘lgan edi?

Qirg‘izistonda ikki kishi o‘ldirildi va bir ayol garovga olindi. Hammasi qanday bo‘lgan edi?

Foto: Sputnik.kg

Qirg‘izistonning Issiqko‘l dam olish hududida jinoyatda gumonlanuvchi ikki kishini o‘ldirdi va bir ayolni garovga oldi. Ayni vaqtda garovdagi ayolni qutqarish uchun maxsus amaliyot o‘tkazilmoqda.

4 iyul, mahalliy vaqt bilan soat 12.20da Ak-Suuy tuman IIB navbatchi qismga murojaat bo‘lgan va «Xon-Tengri» dam olish lageri rahbari o‘rinbosari noma’lum shaxs tomonidan otib tashlangani xabar qilingan. Vafot etgan shaxs 48 yoshda bo‘lgani aytilmoqda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu lagerda qorovul bo‘lib ishlagan 29 yoshli S. S. oshxonaga kirgani va o‘qotar qurol bilan rahbar o‘rinbosarining ko‘krak qismiga o‘q uzgani aniqlangan. Shundan so‘ng S. S. lagerda ishlaydigan 31 yoshli yana bir odamning qorin qismiga o‘q uzgan. Lager rahbari o‘rinbosari o‘sha yerning o‘zida vafot etadi, qornidan yaralangan ishchi tibbiy yordam so‘rash uchun ketayotgan vaqtda hayotdan ko‘z yumgan.

Otishma vaqtida oshxonada tamaddi qilib turgan 33 yoshli erkak jinoyatda gumonlanuvchini qo‘lga olishga urinib ko‘radi. Ammo gumonlanuvchi pichoq bilan uning qo‘liga jarohat yetkazgan. Jinoyatga halal berishga uringan shaxs oshxonadan qochib chiqadi va shu bilan o‘z hayotini saqlab qoladi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, jinoyatda gumonlanuvchi shundan so‘ng 48 yoshli ayolni garovga olgan va yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda gumonlanuvchini qo‘lga olish va garovdagi ayolni qutqarish uchun maxsus amaliyot o‘tkazilmoqda. Xabar.uz voqealar jarayoni rivojini kuzatib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring