Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘chqor xalqaro festivalda 1 million dollarga sotildi

Qo‘chqor xalqaro festivalda 1 million dollarga sotildi

Foto: Turmush.kg

Qozog‘istonlik seleksionerlar Qirg‘izistonda mashhur Frankel qo‘chqorining avlodini sotib olishdi. U Arashan zotli qo‘chqor bo‘lib, 1 million dollarga baholandi, deb xabar beradi Centralmedia24 nashri.

19-sentyabr kuni Frankel Chuy viloyatining Qizil-Oy qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda ishtirokchilarning e’tiborini tortdi. Tadbirda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan fermerlar ishtirok etishdi.

Fermer Ulan Atabayev Frankelni "bebaho qo‘chqor" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘chqorning naslchilik liniyasidan qo‘zichoq qozog‘istonlik seleksionerlarga 1 million dollarga sotilgan.

"Har bir qo‘chqor ham bunday nasl beravermaydi. Frankel liniyasidan qo‘zichoqlar ajoyib genetikani namoyish etadi — ba’zilari hatto otasidan ham katta bo‘lib ketadi", deb tushuntirdi Atabayev.

Frankelning rangi eng "brendlangan" ranglardan biri hisoblanadi — och qizil. Hayvonning uzun tanasi, kuchli suyaklari, ilmoqli tumshug‘i va quloqlari taxminan 25 sm uzunlikda. Fermerning ta’kidlashicha, Qozog‘istondagi qo‘chqorning tengdoshlari orasida bu xususiyatlarga ega raqobatchilar yo‘q edi.

Qirg‘izistonlik mutaxassislar Arashan turini go‘sht va yog‘ uchun 1970-yildan 2021-yilgacha ko‘paytirishgan. Voyaga yetgan qo‘chqorlarning vazni 109 dan 177 kg gacha. Qirg‘iziston fermalarida bu qo‘ylardan 5832 tasi boqiladi. Fermerlar odatdagi qo‘yni taxminan 1000 dollarga, qo‘chqorni esa 5000 dollarga baholaydilar.

Qirg‘izistonlik qo‘y yetishtiruvchilar ham Ginnesning rekordlar kitobiga ariza topshirishdi. Mutaxassislar butun zotning bo‘yi va vaznini tarixga qayd etishni xohlashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring