Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘lbola aroq 19 kishining umriga zomin bo‘ldi

Qo‘lbola aroq 19 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: «vsezavisimosti.ru»

Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda turli do‘konlarda sotilgan uch xil aroqdan 19 kishi zaharlanib, halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti. Iste’mol qilingan spirtli ichimlik qo‘lbola ekani aniqlangan.

Zaharlanish tufayli shifoxonaga tushib qolgan 51 kishidan 14 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Hukumat halok bo‘lganlar soni ortishidan tashvishda.

Politsiya xodimlari ushbu voqeadan so‘ng do‘konlardagi turli spirtli ichimliklarni savdodan olib qo‘yishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring