Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Afg‘onistonga ko‘knor o‘rniga boshqa narsa taklif qildi

Qozog‘iston Afg‘onistonga ko‘knor o‘rniga boshqa narsa taklif qildi

Foto: «Kazinform»

«Afg‘oniston boshqa mamlakatlar tomonidan barqarorlik va xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘rilmasligi kerak», — deya ta’kidladi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yerjan Ashikbayev. Bu haqda «Kazinform» agentligi xabar berdi.

Ashikboyevning fikricha, Afg‘onistondagi inqirozning siyosiy yechimi qachonki islom respublikasi mintaqaning boshqa mamlakatlari bilan hamkorlikka qo‘shilgan taqdirdagina topiladi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Afg‘onistonga ko‘knor yetishtirishga muqobil takliflar berish kerak: masalan, transport, logistika yoki qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qo‘shma loyihalar.

Bugun, 4-mart kuni Qozog‘iston Majlisi (parlament quyi palatasi) hukumat soatida respublikaning Afg‘oniston bilan aloqalari muhokama qilindi.

Qozog‘iston Sanoat va infratizimli rivojlanish vaziri o‘rinbosari Timur Toktabayev Afg‘onistonga yetkazilayotgan qozoq tovarlari salmog‘i oshirilishi haqida so‘zlagan.

Ma’lumot uchun: yaqinda Qozog‘iston kompaniyasi Afg‘onistonda temiryo‘l qurish uchun o‘tkazilgan tenderda g‘olib chiqqan. Yana bir qozoq kompaniyasi esa bu «temir iz» uchun 350 ming tonna rels yetkazib beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring