Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston aholisini ro‘yxatdan o‘tkazadi, har bir intervyuerga $158–224dan to‘lanadi

Qozog‘iston aholisini ro‘yxatdan o‘tkazadi, har bir intervyuerga $158–224dan to‘lanadi

Foto: «ic24.kz»

Qozog‘iston aholisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 30 ming nafar intervyuerni jalb etadi. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vazirligining statistika qo‘mitasi rahbari Nurbolat Aydepkelov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, intervyuerlarga toifasiga qarab 60 mingdan 85 ming tenge ($158−224)gacha ish haqi to‘lanadi.

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligining statistika qo‘mitasi 2020-yilning kuzi yoki qishida aholini ro‘yxatdan o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Aniq sana hozircha ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring