Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi

Bugun, 5 fevral kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston Respublikasi hukumati to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Farmon matnida prezident Qozog‘iston hukumatining iste’fosini qabul qilishga qaror qilgani qayd etilgan.

«Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining vazifalari vaqtincha Roman Vasilevich Sklyar zimmasiga yuklansin», — deyiladi hujjatda.

Farmonda, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari «hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etishi»ga belgilangan.

Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring