Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti ham ishchi tashrif bilan Rossiyaga boradi

Qozog‘iston prezidenti ham ishchi tashrif bilan Rossiyaga boradi

Joriy yilning 8-9-may kunlari Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jo‘mart Toqayev ishchi tashrif bilan Rossiyaga boradi.

Toqayev Tver viloyatidagi Ikkinchi jahon urushidagi eng yirik janglarning birida halok bbo‘lgan 100 va 101-o‘qotar dviziyasi askarlari sharafiga qurilgan memorialni ziyorat qiladi.

Shuningdek, u Moskva viloyatidagi Trubino qishlog‘iga ko‘milgan amakisi Qasim Baltayev qabriga ham boradi.  

Rjev shahri himoyasi uchun 22 mingdan ziyod qozog‘istonlik jangga kirgani aytiladi.

Qasim-Jo‘mart Toqayev 9-may kuni esa RF prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Ikkinchi Jahon urushining 78 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etadi.

Kazinform xabariga ko‘ra, mazkur tadbirga MDH davlatlari rahbarlari taklif qilingan.

Avvalroq. Qirg‘iziston OAV mamlakat prezidenti Sadir Japarovning Rossiyaga uchib ketgani va uni Moskvada Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Gluzin kutib olgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring