Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihonidan «yiqildi»

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihonidan «yiqildi»

BNews.kz

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod, jamoat arbobi Jumatay Aliyev davlat tili bo‘yicha testda qozoq tilini yaxshi bilmasligini ko‘rsatgan. Bu haqda Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasidan iqtibos keltirgan holda «Bnews.kz» nashri xabar berdi.

Qozoq tilini mukammal bilish prezident lavozimiga da’vogarlarning saylovlarda ishtirok etishga qo‘yilishi uchun zaruriy shart hisoblanadi.

«Nomzodning barcha javoblarini har tomonlama muhokama qilib, u davlat tilini to‘liq bilmasligi haqidagi xulosaga keldik. U tomonidan yozma ishda juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan – umumiy hisobda imloviy va stilistik 19 ta xato», deb izoh bergan markaziy saylov komissiyasi a’zosi Odil Axmetov.

Aliyev davlat tilini yaxshi bilmasligi sababli prezident kursisi uchun kurashdan chiqqan.

Qozog‘iston prezidenti saylovlari shu yilning 9 iyunga belgilangan.

 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring